
Engilmas chempionlar o‘rtasidagi super jang 2018 yilda o‘tkazilishi mumkin
Super og‘ir vaznli toifada jahon chempionlari amerikalik Deontey Uaylder va britaniyalik Entoni Joshua o‘rtasidagi to‘qnashuv 2018 yilda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Joshuaning promouteri Eddi Xirn SkySports telekanaliga bergan intervyusida xabar qilgan.
– Bizning maqsadimiz bu jangni yil oxiriga qadar o‘tkazish, – deydi u. – AQShda bizni yaxshi bilishadi, ammo biz jangni Buyuk Britaniyada o‘tkazishni afzal bilmoqdamiz. Agar Amerikaga borishga to‘g‘ri kelsa ham, bu muammo emas.
Uaylder Butunjahon boks uyushmasi (WBC) chempioni hisobalanadi. U professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotir. 38 g‘alaba (37 nokaut).
Joshua Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) va xalqaro boks federatsiyasi (IBF) chempionlik kamarlari sohibi. Uning hisobida 20 g‘alaba (barchasi nokaut).
Fikrlar