Eng kuchli karatechilar Osiyo chempionatila bellashmoqda

CHERY AUTO

Ummonda 13-15 iyul kunlari karatening (AKF) yo‘nalishi bo‘yida XV Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu musobaqa nafaqat Osiyodagi yangi karate ustalarini aniqlash bilan cheklanmaydi, ushbu tadbir Tokioda 2020 yili bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga saralash bosqichi uchun ballarni aniqlashga qaratilgan birinchi musobaqadir.

Tecno

XV Osiyo chempionatida 29 davlatdan 300 dan ortiq karate ustalari o‘zaro raqobatlashadi. 

12 iyul kuni O‘zbekiston karate Milliy Federatsiyasi rahbari Nurxon Nafasov Butunjahon karate federatsiyasi Prezidenti Antonio Espinoz va tashkilot Bosh kotibi Toshixasa Nagura bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekistondagi karate rivoji, sportning ushbu turini ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlari haqida suhbat bo‘lib o‘tdi.

photo_2018-07-11_18-16-36

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!