Emre Janning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Emre Jan kamida bir oy maydonga tusha olmaydi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra germaniyalik futbolchini bezovta qilayotgan qalqonsimon bezda yuzaga kelgan jarohatni davolash uchun jarrohlik amaliyoti kerak bo‘ladi. Shu bois Jan yaqin vaqtlar ichida jarrohlik stloliga yotadi.
Ma’lumot uchun, Emre Jan joriy mavsum “Yuventus” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushgan va jamoasining 1ta goliga assistentlik qilgan.



Fikrlar