
Emre Jan bu mavsum boshqa maydonga tushmaydi
Angliyaning “Liverpul” klubi yarim himoyachisi Emre Jan uchun mavsum muddatidan avval yakunlandi.
Bu haqda mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp bugun bo‘lib o‘tadigan "Manchester Siti"ga qarshi EChL chorak final javob bahsidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Jan mart oyi o‘rtalarida jarohat olgan edi. Uning “Liverpul” bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Hozircha tomonlar ushbu kelishuvni uzaytirishganicha yo‘q.
Fikrlar