
Emeri "Arsenal"ni boshqarishi mumkin
PSJ klubi bosh murabbiyi Unai Emeri faoliyatini Londonning "Arsenal" jamoasida davom ettirishi mumkin.
Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik mutaxassisning katta maosh talab qilayotgani “kanonirlar” rahbariyatini o‘ylantirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra Emeri “Arsenal”dan yiliga 9 mln evro maosh talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Unai Emeriga shuningdek “Real Sosedad” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. U joriy mavsum yakunlangach Parij klubi boshqaruvini tark etadi.
Fikrlar