
Eldor Shomurodov “Zob Ahan”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Xabaringiz bor, bugun Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida Eronning “Zob Ahan” klubini qabul qiladi.
Mazkur bahsda “qaldirg‘ochlar” safida etakchilaridan biri Eldor Shomurodov maydonga tusha olmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, Eldor jamoadoshlari bilan stadionga kelmagan. Aynan nima uchun tarkibga kiritilmagani noma’lum bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yin soat 18:00da “Bunyodkor” stadionida start oladi. 2-turdan sng Sergey Lushchan shogirdlari birorta ochko jamg‘ara olmagan.
Fikrlar