
Ektor Kuper Yaponiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
"Terma jamoa mag‘lub bo‘lganda hamisha o‘zingni yomon his qilasan. Ammo menga bugun namoyish qilgan o‘yinimiz yoqdi. Gol kiritish uchun bizda vaziyatlar ko‘proq bo‘ldi. To‘pni ham biz ko‘proq nazorat qildik. Yaponiya kuchli pressing namoyish qildi. Shunga qaramay futbolchilarimizning harakatlaridan bugun qoniqish hosil qildim.
Endi pley-offda Avstraliyaga qarshi o‘ynaymiz. Avstraliya kuchli jamoa. Ammo biz ko‘proq o‘z jamoamizga e’tibor qaratamiz. O‘z o‘yinimizni namoyish qilsak, natijaga erishamiz. Tiklanish uchun uch kun vaqtimiz bor. O‘ylaymanki, bu vaqt davomida xatolarimizni tahlil qilib, kamchiliklarimiz ustida ishlashga bizga vaqt etadi.
Avstraliya terma jamoasi tiklanish uchun bizga qaraganda ikki kun ko‘proq vaqtga ega bo‘ladi. Ammo men bu holat ahamiyatli deb hisoblamayman. Biz kuchli o‘yin namoyish qilishimiz kerak. Tarkibdagi barcha futbolchilar Avstraliyaga qarshi o‘yingacha yaxshi holatda bo‘lishadi. Biz g‘alaba uchun barcha harakatni amalga oshiramiz.
Tarkibdagi barcha futbolchilar professional. Yaponiyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat bizni tushkunlikka tushira olmaydi. Biz Avstraliyaga qarshi yaxshi tayyorlanamiz. Agar bitta mag‘lubiyatdan keyin jamoaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qolib qolaversa, bu jamoa professional emas. Biz keyingi bosqich masalasini hal qilib bo‘lganmiz. Shu sababli bu mag‘lubiyatdan fojea yasash kerak emas", - dedi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar