
Ejeni Bushar uchun zo‘r imkoniyat paydo bo‘ldi
Shveytsariyaning Gshtaad shahrida o‘tayotgan” Ladies Championship Gstaad by IXION Services” turnirida ikkinchi davra bahslari davom etmoqda.
Unda rossiyalik Evgeniya Rodina germaniyalik Mona Bartelni 6:4,2:6,7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, chexiyalik Marketa Vondroushova bolgariyalik Elitsa Kostovani 6:4,6:4 hisobida engdi.
Bugun ushbu musobaqada quyidagi tennischilar kortga chiqadi:
Viktoriya Kujmova (Slovakiya) – Veronika Kudermetova (Rossiya)
Ejeni Bushar (Kanada) – Viktoriya Golubich (Shveytsariya)
Patti Shnider (Shveytsariya) – Samanta Stosur (Avstraliya)
Alize Korne (Frantsiya) – Konni Perrin (Shveytsariya)
Tamara Korpach (Germaniya) – Sara Sorribes-Tormo (Ispaniya)
Mendi Minella (Lyuksemburg) – Yuxanna Larsson (Shvetsiya)
Fikrlar