EChL. “Manchester Siti” o‘z uyida “Bazel”ga mag‘lub bo‘ldi

  • 8 mart, 2018, 02:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun EChLda 1/8 final javob uchrashuvlari davom  ettirildi. Angliyaning “Manchester Siti” klubi o‘z maydonida Shveytsariyaning “Bazel”ini qabul qildi.

Tecno

Mazkur o‘yinda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alabaga erishdilar. Biroq dastlabki bellashuvda “shaharliklar” 4:0 hisobida g‘alaba qozonganliklari bois, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdilar.

EChL. 1/8 final. Javob bahsi

Manchester Siti Angliya – Bazel Shveytsariya 1:2 (1:1, 0:1)

Gollar: 1:0 – 8 Gabriel Jezus, 1:1 – 17 Elyunussi, 1:2 – 71 Lang.

Manchester Siti – Bravo, Laport, Danilo, Stounz, Zinchenko, Gyundogan (Braim Dias, 66), Ture, Sane, Foden (Adarabioyo, 89), Bernardu Silva, Gabriel Jezus.

Bazel – Vatslik, Lang, Lakrua, Suxi, Riveros, Dzuffi, Fray, Byua (Shtoker, 68), Die, Elyunussi, Oberlen (van Volfsvinkel, 74).

Ogohlantirishlar: Lakrua (44), Gabriel Jezus (77).

Birinchi o‘yin 4:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!