
EChL. "Man Siti"da ilk mag‘lubiyat, "Napoli" turnirdan chiqib ketdi
Evropa Chempionlar Ligasi "F" guruhining so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Gollandiyada "Napoli"ni qabul qilgan "Feyenoord" so‘nggi daqiqadagi gol evaziga "Napoli"ni taslim qildi. "Manchester Siti" esa Ukrainada EChLdagi joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi — 1:2.
Shunga qaramay, "Man Siti" guruhdan peshqadam sifatida, "Shaxtyor" esa 2-o‘rinni egallagan holda musobaqa pley-off bosqichiga chiqdi.
"Napoli" o‘z yurishini Evropa Ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Feyenoord Gollandiya – Napoli Italiya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 2 Zelinski, 1:1 – 33 Yorgensen, 2:1 – 90 Sen-Jyust.
Feyenoord – Vermeer, van Bek, Malasia, Niukop (Sen-Jyust, 76), Trindade, Tornstra, Tapiya, Bergeys (Larsson, 72), Amrabat, Boetiyus, Yorgensen.
Napoli – Reyna, Albiol, Madjo (Mariu Ruy, 64), Xyusay, Kulibali, Gamshik, Diavara, Zelinski, Allan (Rog, 60), Kalexon (Una, 74), Mertens.
Ogohlantirishlar: Trindade (28), Mertens (79), Sen-Jyust (81).
Chetlatish: Trindade (83).
Shaxter Ukraina – Manchester Siti Angliya 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 26 Bernard, 2:0 – 32 Ismaili, 2:1 – 90, penalti Aguero.
Shaxter – Pyatov, Ordets, Ismaili (Azevedo, 64), Rakitskiy, Butko, Fred, Marlos (Kovalenko, 82), Tayson, Bernard, Stepanenko, Ferreyra (Xocholava, 89).
Manchester Siti – Ederson, Adarabioyo, Danilo, Mangalya, Foden, Fernandino (Aguero, 70), Gyundogan, Bernardu Silva, Ture, Sane (Braim Dias, 62), Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: Danilo (22), Rakitskiy (54), Gyundogan (57).
Fikrlar