“Dijon”ga qarshi bahs oldidan “Monako”da jiddiy yo‘qotishlar bor

  • 27 oktabr, 2018, 18:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining “Dijon”ga qarshi bahsi oldidan “Monako” bosh murabbiyi Terri Anri tarkibda jiddiy muammolarga duch keldi.

Tecno

Klub rasmiy saytining xabar berishicha ushbu bahsda monakoliklarning naqd 12 nafar futbolchisi turli sabablarga ko‘ra jamoaga yordam berisholmaydi. Aniqrog‘i, Almami Ture, Stevan Yovetich, Villem Jebbel, Radamel Falkao, Diego Benalo, Daniel Subashich, Roni Lopesh, Kevin N’Doram, Jibril Sidibe va Petro Pellegrilar jarohati sabab ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuborishsa, Samyuel Gransir hamda Andrea Rajilar diskvalifikatsiya sabab o‘yinda ishtirok eta olishmaydi.

Eslatib o‘tamiz, "Monako" - "Dijon" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!