
Denis Shapovalov Yaponiyani osonlik bilan tark etmaydi
Kanadalik tennischi Denis Shapovalov Tokio shahrida o‘tayotgan "Rakuten Japan Open" turnirining chorak finalida kortga chiqdi.
Denis mazkur bosqichda germaniyalik Yana-Lennard Shtruffni uch setda 4:6, 7:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi musobaqaning yarim finalida Shapovalov rossiyalik Daniil Medvedev va kanadlik Milosh Raonich uchrashuvi g‘olibiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar