
Denis Istominning vaqti o‘tganga o‘xshaydi
Shveytsariyaning Gshtaad shahrida Professional tennischilar uyushmasi - ATP tomonidan "J. Safra Sarasin Swiss Open Gstaad" turniri boshlandi.
Sovrin jamg‘armasi 501,345 evroni tashkil qiluvchi mazkur musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin yakkalik bahslaridagi yurishini erta yakunladi.
Denis turnirning mazkur bosqichida serbiyalik Laslo Derega qarshi kortga chiqib, 6:7, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar