
Denis Istominning navbatdagi omadsizligi
"Skistar Swedish Open" turnirining juftlik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin moldovalik Radu Albot bilan chorak finalda chililik Xulio Peralta va argentinalik Orasio Sebelos tandemiga qarshi kortga chiqdi.
Shvetsiyaning Bastad shahrida sovrin jamg‘armasi 561.345 evroni tashkil qiluvchi ATP turniri davom etmoqda.
Afsuski, ushbu uchrashuvda Istomin va Albotga omad kulib boqmadi va 1:6, 3:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar