Denis Istomin serbiyalik tennischiga qarshi Gshtaadda o‘ynaydi

  • 23 iyul, 2018, 11:18
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Shveytsariyaning Gshtaad shahrida Professional tennischilar uyushmasi - ATP tomonidan "J. Safra Sarasin Swiss Open Gstaad" turniri boshlandi.

Tecno

Sovrin jamg‘armasi 501,345 evroni tashkil qiluvchi mazkur musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ishtirokini asosiy to‘r bahslaridan boshlaydi.

Denis turnirning birinchi davrasida serbiyalik Laslo Derega qarshi kortga chiqadi. Eslatib o‘tamiz, Denis va Laslo bugunga qadar ikki marotaba to‘qnash kelgan. Afsuski, ushbu uchrashuvlarda tennischimiz imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!