Denis Istomin: Professional faoliyatimni Osiyo o‘yinlari chempioni sifatida yakunlashni istardim

  • 7 avgust, 2018, 17:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Xabaringiz bor yana sanoqli kunlardan so‘ng Indoneziyada XVIII Osiyo o‘yinlari start oladi. Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va Media departamenti ushbu nufuzli musobaqa oldidan musobaqada ishtirok etuvchi o‘zbek tennisi yulduzi, mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin bilan suhbat uyushtirdi.

Tecno

To‘rt yoshimdayoq qo‘limda raketka ushlardim

Onam sababli tennis o‘ynashni boshlaganman. Ular mening birinchi murabbiyim hisoblanadilar. To‘rt yoshimdayoq qo‘limga tennis raketkasini ushlab, sportning ushbu turiga mehr qo‘yganman. Shu tariqa professional tennischiga aylandim.

Ovqatlanish haqida

Ovqatlanish tartibim oddiy. O‘zimdan ovqatlarni qizg‘anib o‘tirmayman. O‘yinlar oldidan ko‘proq tabiiy mahsulotlardan tayyorlagan engil taomlar iste’mol qilaman. Pitstsa va boshqa fast-fudlarini imkon qadar chetlab o‘tishga harakat qilaman.

Federer haqida

Kumirlar haqida gapiradigan bo‘lsak, Rojer Federerni qayd etib o‘tgan bo‘lardim. Uning kortda va kort tashqarisidagi harakatlari menda iliq taassurot qoldiradi. Federerning sportdagi faoliyati nihoyatda yorqin. Shuningdek, yoshiga qaramay o‘zini yaxshi sport formasida ushlab turadi va muvaffaqiyatlarga erisha oladi.

Mag‘lubiyatlardan qo‘rqmaslik lozim

Buning uchun birinchi navbatda o‘z maqsading sari to‘xtamasdan intilish lozim. Mag‘lubiyatlardan qo‘rqmay, g‘alabaga butun vujuding bilan harakat qilish kerak.

Osiyo o‘yinlarida tajribasiga ishonadi

Professional faoliyatimni Osiyo o‘yinlari chempioni sifatida yakunlashni istardim. Bu oson bo‘lmasligini juda yaxshi bilaman. Ahir, yosh, jismonan baquvvat va texnik tomonlama kuchli tennischilar etarli. O‘zim haqimda gapiradigan bo‘lsam, o‘yinlar davomida tajribamga ishonaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!