Dembele "Betis"ga qarshi bahsda "Barselona"ga yordam berolmasligi mumkin
Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Usmon Dembele oshqozoni bilan bog‘liq muammo sabab jamoaning bugungi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli frantsiyalik futbolchi La Liganing 12-turidan o‘rin olgan “Betis”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum “Barselona” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.



Fikrlar