
Del Pero: "Yuventus" bu mavsum EChLni yutsa kerak
Turinning "Yuventus" klubi afsonalaridan biri Alessandro Del Pero sobiq jamoasining bu mavsum Chempionlar ligasidagi ishtiroki haqida o‘z taxminini bildirib o‘tdi.
“Oxirgi yillarda “Yuventus” finallarda nisbatan kuchliroq bo‘lgan jamoalarga yutqazdi. Ba’zan muxlislar o‘z sevimli jamoalaridan ko‘proq narsani kutishadi, yakuniy natija esa ularni g‘azablantirishi mumkin. Lekin, bu safar “Yuventus” ushbu sovrinni qo‘lga kiritadi deb o‘ylayman”, - deydi sobiq futbol yulduzi.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” joriy mavsum EChLning guruh bosqichida "Manchester Yunayted", "Valensiya" hamda "Yang Boyz" jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar