Dani Alves: Ronaldu ketgach "Real" yanada kuchaydi

  • 18 sentabr, 2018, 14:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi himoyachisi Dani Alves portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning "Real"dan "Yuventus"ga o‘tishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Ushbu transfer borasida mening fikrim biroz boshqacharoq. Ronaldu ketgach “Real” ko‘proq jamoaviy futbol namoyish qila boshladi va nisbatan kuchaydi. Avvallari hujumni faqat Ronaldu yakunlardi, hozir esa jamoaning barcha a’zolari xavfli. Bu fikrlar mening futbolni qanchalik tushunishim bilan o‘lchanadi. Umuman olganda esa bu borada biroz bo‘lsada tushunchaga egaman deb o‘ylayman”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Ronaldu yozda “Real”dan “Yuventus”ga 117 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!