Dahshat! Shohjahon Ergashev argentinalik raqibini 18 soniyada ringga ag‘dardi

  • 15 dekabr, 2018, 01:19
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Krasnodardagi «Olimp» sport saroyida bo‘lib o‘tgan jangda hamyurtimizga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz (32, 11 KO, 17, 2 KO) raqiblik qildi.

Tecno

Raund boshlanishi bilanoq hujumga otlangan Ergashevning dastlabki zarbalarigayoq raqib dosh bermadi va ringga quladi. Referi jangni davom ettirdi, ammo Shohjahon yana "zarbalar yomg‘iri"ni uyushtirdi. Natijada referi jangni yana to‘xtatdi. Shu tariqa bokschimiz raqibini 18 soniyadayoq nokautga uchratdi.

Bugungi g‘alaba Ergashevning profi boksdagi 16-g‘alabasi bo‘ldi. Hamyurtimizning shularning 15 tasini nokaut bilan yakunlaganligini ta’kidlash joiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!