
Chicharito "Vest Xem"dan ketmoqchi emas
Londonning "Vest Xem” klubi hujumchisi Xaver Ernandes (Chicharito) jamoasini o‘zgartirish niyatida emasligi haqida aytib o‘tdi.
“Jamoadan ketishni rejalashtirmayapman. Men 100% o‘z vazifamni bajarib, klubning premer-ligadagi ahvolini yaxshilashga yordam bermoqchiman. Men “Vest Xem”dan qo‘yib yuborishlarini so‘raganim yo‘q”, - deb yozadi meksikalik futbolchi o‘zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Chicharito “Vest Xem” safiga o‘tgan yozgi transferlar davrida Leverkuzenning “Bayer” klubidan kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar