
Cherchesov Rossiya JCh-2022da bundanda yaxshiroq qatnashishiga va’da berdi
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov bugun Moskvadagi fan-zonada muxlislar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda terma jamoa 2022 yilgi jahon chempionatida bundanda yaxshiroq ishtirok etishiga va’da berdi.
“Sizlarni ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Biz barchamiz birga bo‘ldik. Sizlar 12-o‘yinchi emas, 13-, 14-, 15- va 16-o‘yinchi ham bo‘ldingiz. Albatta, biz yanada uzoqroqqa borishni istagandik. Lekin va’da beramanki 2022 yilgi jahon chempionatida bundanda yaxshiroq natija qayd etamiz. Lekin sizlarsiz biz qiynalamiz”, - deydi Cherchesov.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi kecha chorak finalda Xorvatiyaga penaltilar seriyasiga ko‘ra imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgan edi.
Fikrlar