
Chempionlar Alvares va Jeykobs may oyida kuch sinashadi
Joriy yilning 4 may kuni o‘rta vazn toifasida WBC va WBA kamarlari sohibi 28 yoshli meksikalik Saul “Kanelo” Alvares 31 yoshli IBF chempioni amerikalik Deniel Jeykobs bilan kuch sinashadi. Mazkur jang AQShda DAZN striming tizimi orqali namoyish etadi.
– Keyingi jangimni e’lon qilayotganimdan xursandman, – deya Alvares. – Men g‘alaba qozonimshimga shubha qilmayman. Bu menga o‘rta vazn toifasida mutloq jahon chempioni bo‘lishimga qadar yana bir qadam yaqishlashtiradi.
– Men bu imkoniyatni uzoq vaqt kutdim, – deydi 3 ta jangga Matchroom Boxing USA va DAZN bilan shartnoma imzolagan Jeykobs. – Imkoniyatlar ringga katta shuhrat olib keladi. Men har doim “Kanelo”ni mag‘lub qila olishimga ishonganman va 4 may kuni buni isbotlash uchun imkoniyat olaman. Deyarli 4 yil “Kanelo” AQShlik da’vogarlar bilan urushmadi. Bu o‘rta vaznda meni sayyorada tengsiz qiladigan ajoyib voqeadir.
Fikrlar