Chempion Saul Alvares o‘z vaznini o‘zgartirmoqchi

  • 23 oktabr, 2018, 18:53
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasining jahon chempioni Saul “Kanelo” Alvares 15 dekabr kuni ikkinchi o‘rta vaznda WBA chempioni Roki Fildingga qarshi ringga chiqadi. Shundan so‘ng u oldingi vazn toifasiga qaytmaydi.

Tecno

Men hozircha 168 funtga bo‘lgan vazndagi chempionlik kamarini qo‘lga kiritishni istayman, ammo keyin o‘zimni qanday his qilishimga qarayman va bu vaznda qolish-qolmaslikni hal qilaman, – deya Alvaresning so‘zlarini keltiradi Boxingscene nashri. – Men uch vaznda chempionlikni qo‘lga kiritgan 10-meksikalik bokschi bo‘lishni istayman. Bu mening maqsadim. Men har doim Golovkin ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng faoliyatimning ikkinchi qismi boshlanadi deb o‘ylardim. Umid qilamanki, bu birinchisiga o‘xshamaydi. Men bilan yirik janglarni uyushtira oladigan bir qator sportchilar bor. Men 160 funtgacha bo‘lgan vaznda eng yaxshi bokschilarni mag‘lub qildim, endi yangi chaqiruvlar vaqti keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!