"Chelsi" qishda Fekirni sotib olmoqchi

  • 14 noyabr, 2018, 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Lion" klubi xavbeki Nabil Fekir faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchiga Londonning “Chelsi” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. “Aristokratlar” uni qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishmoqchi va buning uchun frantsuz klubiga 55 mln evro berishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Fekirga shuningdek "Bavariya", "Liverpul" va "Manchester Siti" klublaridan ham qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Fekir joriy mavsum “Lion” safida jami 10ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!