
“Chelsi” o‘tgan mavsum birorta ham o‘yinda ishtirok etmagan 38 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi angliyalik darvozabon Robert Grinning xizmatlariga qiziqish bildira boshladi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 38 yoshli posbondan klubning 3-darvozaboni sifatida foydalanishmoqchi. Aytish lozimki, Grin ayni damda erkin agent maqomidagi futbolchi hisoblanadi va u “Chelsi”ga mutlaqo tekinga tushadi.
Ma’lumot uchun, Grinning so‘ngi jamoasi “Xaddersfild” klubi bo‘lgan edi. Biroq, u o‘tgan mavsum ushbu jamoa safida birorta ham o‘yinda ishtirok etmagan.
Fikrlar