Chavandozimiz jahon kubogining mintaqaviy bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Qirg‘izistonning Bishkek shahri ot sporti bo‘yicha jahon kubogi Markaziy Osiyo mintaqasining navbatdagi bosqich bellashuvlariga mezbonlik qildi. Ushbu musobaqada ishtirok etgan terma jamoamiz a’zosi Oqil Sobirjonov muvaffaqiyat qozondi. 

Tecno

Konkur yo‘nalishida bahs olib borgan Sobirjonov "Domelon" laqabli tulpori bilan ishtirokchilar orasida eng yaxshi natijani qayd etdi. Musobaqa davomida Qirg‘iziston va Qozog‘iston vakillari unga asosiy raqobatchi bo‘lishdi. Bu g‘alaba yurtdoshimizga o‘z yo‘nalishida jahon kubogining asosiy bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani berdi. Oqil Sobirjonov va boshqa hamyurtlarimiz bugun 23:20 da Toshkent Xalqaro aeroportiga kelishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!