
Chalxanoglu safga qaytdi
Italiyaning “Milan” klubi yarim himoyachisi Xoqon Chalxanoglu jarohatidan tuzalib, safga qaytdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 24 yoshli turkiyalik futbolchi ayni damda jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda va u bugun “Bolonya”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsda jamoasiga yordam berishi mumkin. Ushbu uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Chalxanoglu joriy mavsum “Milan” safida jami 40ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishg erishgan.
Fikrlar