
“Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvini Vadim Agishev boshqaradi
14–16 iyun kunlari Oliy liga 13-tur uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yinlarga qo‘yidagi hakam va nazoratchilar ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, 16 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvini vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘lishdi, deya xabar beradi qo‘qonliklar matbuot xizmati.
Bungacha ushbu hakam jamoamizning bitta uchrashuvida ishlagan. Agishev 14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan “Mash’al” – “Qo‘qon-1912” o‘yinini boshqargan.
Oliy liga, 13-tur
16 iyun, juma
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O‘zPFL vakili: F. Magametov.
Fikrlar