
Bugun Maykl Ouen 39 yoshga to‘ldi
Angliya terma jamoasi sobiq yulduzi Maykl Ouen bugun 39 yoshga to‘ldi. Angliya terma jamoasi o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Ma’lumot uchun, Ouen faoliyati davomida “Liverpul”, “Real”, “Nyukasl”, “Manchester Yunayted” hamda “Stok Siti” klublarida to‘p surgan. U Angliya terma jamoasi safida jami 89ta o‘yinda maydonga tushib, 40ta gol urishga erishgan.
Fikrlar