
Bugun Evropa ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlanadi
Unda ishtirok etadigan 48 ta klub 4 ta savatchaga joylangan. Qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.
Birinchi savat: «Sevilya» (Ispaniya), «Arsenal» (London, Angliya), «Chelsi» (Angliya), «Zenit» (Rossiya), «Bayer» (Germaniya), «Dinamo» (Kiev, Ukraina), «Beshiktash» (Turtsiya), «Red Bull Zaltsburg» (Avstriya), «Olimpiakos» (Gretsiya), «Vilyarreal» (Ispaniya), «Anderlext» (Belgiya), «Latsio» (Italiya).
Ikkinchi savat: «Sporting» (Lissabon, Portugaliya), «Ludogorets» (Bolgariya), «Kopengagen» (Daniya), «Marsel» (Frantsiya), «Seltik» (Shotlandiya), PAOK (Gretsiya), «Milan» (Italiya), «Genk» (Belgiya), «Fenerbaxche» (Turtsiya), «Krasnodar» (Rossiya), «Astana» (Kazaxstan), «Rapid» (Avstriya).
Uchinchi savat: «Betis» (Ispaniya), BATE (Belarus), «Karabax» (Azerbaydjan), «Dinamo» (Zagreb, Xorvatiya), «RB Leyptsig» (Germaniya), «Frankfurt» (Germaniya), «Malmyo» (Shvetsiya), «Spartak» (Rossiya), «Standard» (Belgiya), «Tsyurix» (Shveytsariya), «Bordo» (Frantsiya), «Renn» (Frantsiya).
To‘rtinchi savat: «Apollon» (Kipr), «Rusenborg» (Norvegiya), «Vorskla» (Ukraina), «Slaviya»(Praga, Chexiya), «Akxisar Belediespor» (Turkiya), «Yablonets» (Chexiya), AEK (Larnaka, Kipr), «Vidi» (Vengriya), «Reyndjers» (Shotlandiya), «Dyudelanj» (Lyuksemburg), «Spartak» (Trnava, Slovakiya), «Sarpsborg 08» (Norvegiya).
Fikrlar