
Bu futbolmi yoki amerikancha futbol yoxud APL tarixidagi eng qo‘pol futbolchilar
Futbol – kontaktli sport turi bo‘lib, raqiblar bilan to‘qnashuv yuzga kelishi tabiiy bir xoldir. Biroq shunday futbolchilar borki, ular o‘zlarining qo‘pol o‘yinlari bilan qolganlardan ajralib turishadi. Quyidagi maqolamizda esa aynan qo‘pol harakatlari sabab, APLda hakamlar tomonidan eng ko‘p qizil kartochka bilan “siylangan” futbolchilari bilan tanishtiramiz.
>>Ronaldu qo‘ygan kechagi rekord. Messi undan osha oladimi?
>>Raqiblarni to‘pga qushib otadigan “to‘pchilar”
>>“Real”ga muhlislik qiluvchilar buni bilishlari kerak!
Dankan Fergyuson – 8 ta chetlatish
Faoliyatining katta qismini “Everton”da o‘tkazgan “katta Dank” hujumchi bo‘lsada, qizil kartochkalar soni bo‘yicha uncha-muncha himoyachilarga “dars” berishga qodirdir. Fergyuson “irislar” bilan Angliya kubogi va Superkubogida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ladi. Aytgancha, Dankan APLda “Everton”dan tashqari “Nyukasl”da ham to‘p surgan.
>>Messi xali eta olmagan, Ronaldu esa shaxdam odimlayotgan rekord haqida
Patrik Vieyra – 8 ta chetlatish
Hozirgi kunda “Nyu-York Siti” klubida bosh murabbiy bo‘lib ishlayotgan Patrik Vieyra ampluasi bo‘yicha yarim himoyachi sanaladi. Umuman Vieyra barchamizga “Arsenal”dagi o‘yinlari bilan tanilgan. Aynan “kanonirlar” safida 9 yil faoliyat yuritgan Vieyra yuqoridagi kartochkalarning deyarli barchasini aynan “kanonirlar” tarkibida olgan. Futbolchilik faoliyatini esa 2011 yil “Manchester Siti”da yakunlagan.
>>Buffon eta olmagan rekord haqida
Richard Dann – 8 ta
Richard “Manchester Siti”, “Aston Villa”, KPR” va “Everton” kabi jamoalarda to‘p surgan. Anchagina jussasi baquvvat bo‘lgan Dann raqiblarga nisbatan tajovuzkor harakatlarni amalga oshirar edi. Irlandiyalik futbolchi 2009 yilning yanvar oyida “Uigan” bilan bahsda maydondan chetlatiladi. Bu uning APLdagi sakkizinchi “qizili” edi. E’tiborlisi, Richard nafaqat kartochkalar bobida, balki, avtogollar borasida ham “maqtana” oladi.
Li Kattermol – 7 ta
Bugungi kunda “Sanderlend”da faoliyat yuritayotgan Kattermol ham yarim himoyachi sanaladi. Faoliyati davomida “Uigan” va “Midlsbro”da ham o‘ynagan futbolchiga hakamlar 7 bor “qizil” ko‘rsatishgan. Kattermolning yoshi va amaldagi shartnomasini inobatga oladigan bo‘lsak, bu borada xali yanada “o‘sishi” mumkin.
>>“U Messidan ham kuchli bo‘ladi” yoxud Mbappening ajoyib natijalari haqida
Roy Kin – 7 ta
Kin umuman o‘zga olam futbolchisi edi. Kinning yakkakurashlardagi xavfli harakatlari tufayli futbolchilar u bilan bahsga kirishishga xadiksirashar edi.
Vinni Jons – 7 ta
Jons butun faoliyati davomida 12 bor maydondan chetlatilgan. Uning faoliyatida xattoki, maydonga tushganidan 3 soniya o‘tiboq, sariq kartochka olgan holatlar ham yo‘q emas.“Suyak sindirar” Vinni Jons yaxshiyamki, kino olamiga o‘tib ketdi. Bo‘lmasa, yana qaysidir futbolchini “mayib” qilib qo‘yishi hech gap emas edi.
Alan Smit – 7 ta
“Lids” tarkibidagi o‘yinlari bilan mashxurlikka erishgan Smit bo‘y-basti u qadar katta bo‘lmasada, agressiv harakatlarni amalga oshirishni yaxshi ko‘rar edi.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- Ronaldu – afsona! Qarshimisiz? Isbotlaymiz!
- EChLda “Bavariya”ga eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar