"Borussiya" Myunxengladbax etakchilaridan biri uzoq muddatga safdan chiqdi
Myunxengladbaxning “Borussi” klubi himoyachisi Mattias Ginter kecha Bundesliganing “Gannover”ga (4:1) qarshi kechgan bahsida jiddiy jarohat oldi.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli germaniyalik futbolchi uchrashuvning birinchi bo‘limida raqib yarim himoyachisi bilan jiddiy to‘qnashuvga uchragan va maydonni shifokorlar yordamida tark etgan edi. Ushbu holatda futbolchining jag‘ suyagi singani aytilmoqda. Endi Ginter ertaga jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi.
Uning qachon safga qaytishi aniq e’lon qilinmayapti. Ammo, ayrim xabarlarga qaraganda Ginter 2018 yilda boshqa maydonga tusha olmaydi. U mavsumning ikkinchi yarmidan boshlab jamoasiga yordam berishi mumkin.



Fikrlar