"Borussiya" Myunxengladbax bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi o‘zining bosh murabbiyi Diter Xekking bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 54 yoshli mutaxassis klub bilan 2020 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekkan.
Ma’lumot uchun, “Borussiya M” ayni damda Bundesliganing o‘tgan 11ta tur yakunlariga ko‘ra 23 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.



Fikrlar