Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida finalchilar aniqlandi

  • 17 dekabr, 2018, 08:11
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘zining hal qiluvchi pallasiga etib keldi. 277 nafar nafar bokschi 8 vazn toifasida g‘oliblik uchun kurashga kirishgan edi.

Tecno

Kecha musobaqaning yarim final uchrashuvlari o‘tkazildi.

Qiziqarli janglardan biri terma jamoa a’zolari 52 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov Abrorjon Qodirov bilan kuch sinashadi va bu qarama-qarshilikda Hasanboy raqibini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Shuningdek, Osiyoning eng yaxshilari qatorida e’tirof etilgan Iqboljon Xoldorov, Shunqor Abdurasulov ham finalga chiqdilar.

Chorak final janglari natijalari

Yarim final natijalari bilan tanishing:

52kg: 
1. Hasanboy Do‘smatov (Andijon) – Abrorjon Qodirov (Farg‘ona) - 4:1
2. Xudoynazar Fayzov (Tosh.vil) – Nodirjon Mirzaahmedov (Toshkent) - 5:0

57kg:
3. Abdulhay Shorahmatov (Toshkent) – Hasanjon To‘raqulov (Tosh.vil.) - 4:1
4. Mirazizbek Mirazhalilov (Farg‘ona) - Otabek Xolmatov (Toshkent) - 2:3

63kg:
5. Shukurjon Rahimov (Buxoro) - Aliyor Noraliev (Tosh.vil.) - 1:4
6. Shunqor Abdurasulov (MVSK-T.v.) - Kamronbek Eshmatov (Andijon) - 4:1

69kg:
7. Fazliddin Meliboev (Farg‘ona) – Iqboljon Xoldorov (Andijon) - 0:5
8. Bobo-Usmon Boturov (Jiz-Dinamo) - Jahongir Rahmonov (Tosh.vil.-Dinamo) - 5:0

75kg:
9. Fanat Qahramonov (Samarqand) – Akmurod G‘affarov (Tosh-Surx) - 5:0
10. Odiljon Aslonov (Buxoro) - Otabek Turdixo‘jaev (Andijon) - 5-0

81kg:
11. Qozimbek Mardonov (Farg‘ona) – Dilshod Ro‘zmetov (MVSK-T.v.) - 1:4
12. Akmalbek Qosimov (Farg‘ona) - Xurshid Abdullaev (Samarqand) - 2:3

91kg: 
13. Sardor Yormuhammedov (Buxoro) – Rustam To‘laganov (Tosh-Dinamo) - 1:4
14. Madiyar Saidrahimov (MVSK-T.v.) - Rorimsha Profsor (Buxoro) - 5:0

+91kg:
15. Ulug‘bek Mubinov (IIVAkad-Bux) – Mirzohidjon Abdullaev (Tosh-Dinamo) - 4:1
16. Obidjon Tohirov (Farg‘ona) - Rustamjon Ismoilov (Farg‘ona) - 5:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!