
Boks Tokio Olimpiadasi dasturiga kiritilmasligi mumkin
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) xalqaro boks fedaratsiyasi rahbariyati bilan aloqalarni taftish qilishni boshladi. Bu qaror XOQning ijroqo‘mitasining Pxenchxan (J.Koreya) shahrida o‘tkazilgan yig‘ilish yakunida qabul qilingan.
Ma’lum bo‘lishicha, XOQ AIBAning boshqaruv, moliya va antidoping masalalari bo‘yicha ma’ruzasini ko‘rib chiqmagan. Avvalroq XOQ boshlig‘i Tomas Bax boks 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi dasturidan chiqarilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan.
– XOQ ijro qo‘mitasini AIBA rahbariyatidagi vaziyatlar bezovta qilmoqda, – deya Baxning so‘zlarini keltiradi TASS nashri. – Biz AIBA rahbariyati bilan aloqalarni taftish qilish bo‘yicha ishni ochishimiz mumkin. Shuningdek, XOQ ijroqo‘mitasi AIBA bilan ish yuzasidan XOQ qarorlari amalga oshishi uchun kerak bo‘lgan barcha aloqalarni muzlatadi.
Fikrlar