
Bilasizmi? Umtiti bugun faoliyati davomida "Barselona" safida 2-golini urdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Samuel Umtiti bugun La Liga doirasida “Valensiya”ga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
E’tiborlisi, ushbu gol frantsiyalik futbolchi uchun kataloniyaliklar safidagi 2-golini kiritdi. Aytish lozimki Umtiti faoliyati davomida “Barselona” safida shu kungacha jami 79ta bahsda ishtirok etgan.
Fikrlar