
Bilasizmi? Tseytlin "Lokomotiv" ishtirokidagi 28 uchrashuvini boshqargan
Oldinroq aytilganidek, ushbu uchrashuvni birinchi bosqichning ikkinchi davrasidagi bo‘lgani kabi Vladislav Tseytlin boshqarib boradi. Tajribali referi faoliyati davomida "Lokomotiv"ning 28 uchrashuvida ishlagan. "Lokomotiv" shularning 11tasida g‘alabaga erishgan bo‘lib, 10tasida mag‘lubiyatga uchragan. 7 uchrashuvda esa durang qayd etilgan.
Tseytlin ushbu bahslarda 114 sariq, 3 qizil kartochka bergan. "Lokomotiv" unda 33 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, o‘z darvozasidan 24 gol o‘tkazib yuborgan.
Vladislav Tseytlinning "Lokomotiv" ishtirokidagi so‘nggi 5 o‘yini
Superliga. 26/05/18 "Metallurg" - "Lokomotiv" 2:0
Superliga. 04/05/18 "Neftchi" - "Lokomotiv" 1:4
Oliy liga. 03/11/17 "Neftchi" - "Lokomotiv" 0:0
O‘zbekiston kubogi. 07/10/17 "Nasaf" - "Lokomotiv" 1:0
Oliy liga. 21/09/17 "Lokomotiv" - "Paxtakor" 0:1
Fikrlar