
Bilasizmi? Lukaku faqatgina APLning kuchsiz jamoalariga gol urmoqda
“Manchester Yunayted” klubi forvardi Romelu Lukaku hozirgina yakunlangan APLning 26-turida “Xaddersfild” (2:0) darvozasini ishg‘ol etdi.
Shu tariqa 24 yoshli belgiyalik futbolchi premer-ligada ishtirok etgan 25ta uchrashuvidan so‘ng o‘z gollari sonini 12taga etkazib oldi. E’tiborlisi, Lukaku kiritgan gollarning barchasi ayni damda musobaqa jadvalining kuchli sakkizligidan tashqarida bo‘lgan jamoalar darvozasidan joy olgan.
Aniqrog‘i, Lukaku joriy mavsum «Vest Xem», «Suonsi» va «Stok Siti»jamoalari darvozasiga 2tadan, «Everton», «Sautgempton», «Kristal Pelas», «Nyuksl», «Bornmut» va «Vest Bromvich» jamoalariga bittadan gol urishga erishgan.
Fikrlar