
Bilasizmi: AGMK o‘z tarixida ilk bor Jizzaxda g‘alabaga erishdi
Jizzaxdagi "So‘g‘diyona" stadionida kechgan bellashuvda olmaliqliklar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
E’tiborlisi, bu olmaliqliklarning Jizzaxda "So‘g‘diyona" ustidan erishgan dastlabki g‘alabasi bo‘ldi. Bunga qadar mazkur jamoalarning Jizzaxda bo‘lib o‘tgan o‘zaro 8 ta qarama-qarshiligining 5 tasida mezbonlarning qo‘llari baland kelgan va 3 ta bellashuvda durang qayd etilgan edi.
“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan barcha uchrashuvlar :
11.08.2018 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 1:3
18.03.2017 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 3:2
14.05.2016 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 1:0
30.10.2015 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 1:0
09.08.2014 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 0:0
04.08.2013 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 2:2
15.10.2011 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 5:2
23.03.2009 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 3:2
20.09.2008 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 1:1
Fikrlar