Bernd Shtange: O‘zbekiston bizdan bunday o‘yinni kutmagandi

  • 6 sentabr, 2018, 22:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston-Suriya o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng tashkillashtirilgan matbuot anjumanining birinchi qismida Suriya bosh murabbiyi Bernd Shtange ishtirok etdi.
- O‘yinga to‘xtalib o‘tsam, biz mehmonda o‘ynagan bo‘lsak ham 80 foiz bizning jamoa to‘pni o‘zida saqlab turdi. Bu o‘yindan g‘alaba kutgan bo‘lsak ham, afsuski durangga imzo chekdik. O‘yin davomida tashabbus biz tomonda bo‘lsa ham o‘yin oxirida sustkashlikka yo‘l qo‘ydik.  Mutaxassis sifatida O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida favoritlarga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatishiga umid qilaman. Bernd Shtange: Biz Suriyaga ko‘tarinki kayfiyatda yo‘l olamiz, chunki endilikda o‘zbek xalqi bizni yaxshi terma jamoa sifatida eslashadi. Biz o‘yin boshidanoq to‘pga ishonch bilan egalik qila boshladik. O‘zbekistonlik futbolchilar bizdan bunday o‘yin uslubini kutishmagan edi, - deydi 70 yoshli mutaxassis o‘z so‘zida.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!