"Benfika"ning qizg‘anchiqligi Lindelyofning "MYu"ga o‘tishini to‘xtatdi

  • 27 dekabr, 2016, 10:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
 
"Benfika" himoyachisi Viktor Lindelyof tez orada "Manchester Yunayted" jamoasiga qo‘shilishi kerak edi.
 
Ma’lumotlarga qaraganda, "Manchester Yunayted va "Benfika" futbolchi transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazib, 45 million evroga kelishgan. Biroq, Lindelyofni tarbiyalagan "Vesteros" jamoasi va "Benfika" o‘rtasida kelishmovchilik chiqdi va shved himoyachisining "Manchester Yunayted"ga o‘tishi noma’lum vaqtga to‘xtatildi.
 
Gap shundaki, futbolchining shartnomasida agar Lindelyof Evropa chempionlar ligasida 10 ta o‘yin o‘tkazsa, "Benfika" rahbariyati "Vesteros"ga qo‘shimcha 250 ming to‘lashi belgilangan. "Vesteros" ana shu pulni talab qilyapti. Portugaliya klubi esa bu talabni qondirishni istamayapti. "Vesterlos" bu mojaro yuzasidan FIFAga shikoyat qildi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!