
Belgiya terma jamoasi ham Rossiyaga etib keldi (foto)
JCh-2018da o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan Belgiya terma jamoasi ham Rossiya zaminiga etib keldi.
Belgiyalik futbolchilar bugun Moskvadagi “Sheremetevo” xalqaro aeroportiga kelib qo‘nishdi. U erda esa Eden Azar va Kevin De Bryuyne kabi yulduzlarni ko‘plab futbol ishqibozlari katta xursandchilik bilan kutil olishdi.
Eslatib o‘tamiz, belgiyaliklar dastlab 18 iyun kuni Panamaga qarshi bahs olib borishsa, keyinroq Tunis (23 iyun) va Angliya (28 iyun) terma jamoalariga qarshi kurash olib borishadi.
Fikrlar