“Bavariya” “qutqaruv yostig‘i”ni ishga tushirdi

  • 14 oktabr, 2017, 09:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yupp Xaynkes 72 yoshga to‘ldi. U yana o‘yinga qaytdi

Tecno

Bayern head coach Jupp Heynckes in the field

Xosep Gvardiolaning 2013 yildagi taqdimoti “Bavariya” tarixidagi eng qimmatli tadbir bo‘lgan edi. Klub o‘z o‘z faoliyatining yangi sahifasiga qadam qo‘yayotganligini katta tantana bilan nishonladi. Myunxenliklar hamkorlikning dastlabki daqiqalaridanoq Pepga munosib bo‘lishga bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Taqdimotda ispan va uning hamyurtlari uchun kataloniyaning peshqadam barlari maxsus tapas-menyusi tuzildi.

2016 yilda esa katta tantana bilan Karlo Anchelotti  kutib olindi. Bir necha sport yulduzlar jumladan, Ronaldu ham, sobiq murabbiy uchun maxsus video tabrik tayyorlashdi.

“Bavariya”  Yupp Xaynkesni to‘rtinchi marotaba qabul qilmoqda, shuning uchun ham uning 72 yillik tantanasida ortiqcha dabdabalar kuzatilmadi, buterbrod va gazli ichimliklarin inobatga olmaganda, albatta. Ammo barcha yig‘ilganlarning ko‘zida Yupp timsolida jamoa  najotkorini ko‘rish umidi aks etib turardi.

Xaynkes ushbu ishga rahbariyat bilan bo‘lgan yaxshi munosabatlar hurmati yuzasidan rozi bo‘lganini ochiqdan-ochiq tan oladi. “Mening qaytishim o‘zim uchun emas, klub uchun kerak. Men bu erda faoliyat yuitadiganlarning barchasiga menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Ushbu murakkab vaziyatda  klubga yordam berish mening burchimdir”.

Bu Xaynkesning ikkinchi marotaba favqulodda vaziyatda klubga yordam qo‘lini cho‘zishi.  Tan olish kerak, 2009 yildagi vaziyat anchagina soddaroq edi. Yurgen Klinsmann tit-pitini chiqargan klubni eson-omon, qolgan-qutgan obro‘ni to‘kmasdan finishga sudrab olib borish kerak edi. Hozirgi holatda klubda anchagina mustahkam jamoa to‘plangan, ammo raqiblar ham chakana emas. Oldinda esa mutassil mehnatni talab qiluvchi sakkiz oy turibdi...

Xaynkesning klubga ikkinchi marotaba qaytishi (2011-2013) “Bavariya”ning XXI asr hisobida o‘tkazgan eng ajoyib damlari edi. Ushbu ikki yil davomida Yupp hamma narsani joy-joyiga  qo‘yib chiqdi. So‘nggi paytlarda o‘zining eng asosiy raqibi “Borussiya”ga g‘alabani boy berib ko‘yayotgan jamoaga qayta eyforiya bag‘ishladi.

Xaynkes rahbarligidagi 2012-13 yil mavsumi jamoa tarixida muhrlanib qolishiga sabab bo‘ldi, afsonaviy rekordlar davri sifatida esda qoldi. Uli Xennes hozirgacha “endi hech kim hech qachon o‘sha paytdagidek futbolda o‘yin ko‘rsata olmaydi” deya o‘sha kunlari yodga oladi.

Xaynkesning jamoaga uchinchi marotaba kirib kelishi nisbatan omadliroq kechgan edi. Yurgen Klinsmanndan farqli ravishda Lui van Gal jamoa bilan yaxshigina ishlagandi. Undan Xaynkensga chempionlik shohsupasiga olib chiqishga yaraydigan jamoa meros bo‘lib qolgandi. Xaynkes jamoaga Noyer, Boateng, Mandjukich, Martines va Danteni olib keldi. “Bavariya” har doim bir xil sxema asosida o‘ynardi, ammo bir o‘yin uslubini hech qachon takrorlamasdi. Vertikal futbol pozitsion hujumlar bilan almashdi, eng ahamiyatlisi, bavariyaliklar to‘p bilan bog‘liq barcha fokuslarini raqib maydonchasida amalga oshirardi...

 “Bavariya”ning Xaynkes davrida ko‘rsatgan rekord ko‘rsatkichlari:

Chempionat doirasida (mavsum davomida) mag‘lubiyatlarinng eng minimal ko‘rsatkichi — 1.

Bitta o‘yin davomida kiritilgan gollarning rekord ko‘rsatkichi — 9.

Mavsum bo‘yicha mutlaq g‘alabalarning rekord ko‘rsatkichi — 21.

Bu jamoa buyuklikda tanho edi, uni tark etish ham oson bo‘lmadi...

Ayni damda Xaynkes bavariyaliklarga jamoani faqatgina kasodga uchragan o‘yin holatidan emas, balki ruhiy inqirozdan ham olib chiqish uchun havodek zarur. 72 yoshini urib qo‘ygan Yupp oldida turgan ushbu murakkab vazifaning yana bir bor uddasidan chiqa olishiga shubha yo‘q, albatta. Ishonamizki, tez orada “Bavariya” kollektsiyasidan yana bir kubok o‘rin oladi, nemis futbolchilari chempionatda bosh rollarni egallaydi, jamoa o‘yinlarining translyatsiyasi xapdori emas, balki quvvat bag‘ishlovchi vosita vazifasini bajara boshlaydi.

Yangi murabbiy o‘zining 4-2-3-1 sxemasidan voz kechishi amri mahol. Ushbu sxema to‘rt yil muqaddam quyidagicha edi: 

Bugun bo‘lib o‘tadigan “Frayburg”ga qarshi bahsda jamoa tarkibi quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:

Asosiy tarkib Karlo Anchelotti tuzib chiqqan 11 talikdan deyarli farq qilmaydi. Shu boisdan jamoa rahbarlari Xenes va Rummenigge o‘z qadrdon birodarlarining qobiliyatiga umid qilishmoqda.

Yupp bilan birga ishlaganlarning barchasi uning qo‘l ostidagilarga ko‘rsatadigan hurmati, e’tiborini alohida e’tirof etishadi. “Murabbiylarga tekkan kasallik: ular zaxiradagi darvozabonlar va o‘yinchilar bilan ish olib borishmaydi, ularning ismlarini bilishmaydi hatto. Ammo bizning jamoamiz bunday holatdan mustasno edi. Xaynkes eng ko‘p shug‘ullanadigan o‘yinchi bu uchinchi darvozabon hisoblanardi. Jamoadagi mavqe, o‘yinchining yoshi, kelib chiqish kabi narsalar Yupp uchun sariq chaqaga qimmat. Undan yo‘l-yo‘riq so‘rab murojaat qiladigan har bir insondan o‘zining qimmatli maslahatalarini ayamaydi”, deydi “Bayer”ning sobiq darvozaboni Shtefan Raynartst.

Faqat Xaynkes rahbarligidagi jamoadagina zaxiradagi o‘yinchining pokerni amalga oshirish holatlari (Pissaro. 2013 yil) ro‘y berishi mumkin.

Oldinda turgan mashaqqatli sakkiz oy Xaynkesga jamoaning o‘zaro mayda guruhlarga ajralib ketishiga, futbolchilar orasida yangi konfliktlarning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik vazifasini qo‘yadi.

“Yupp mushuk bilan kuchukni yarashtirib qo‘ya oladigan yagona inson” — deya hazillashadi jamoa jamoa ijrochi direktori Rummenigge. “Jamoani qanday tayyorlash kerakligi uning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, barchasi, albatta, joy-joyiga tushadi”.

72 yosh har holda sog‘liq bilan hazillashadigan davr emas, ammo Xaynkes salomatligidan hech qanday shikoyati yo‘qligini ta’kidlaydi: “Kimdir 45 yoshidayoq hassaga suyanadi, kimdir esa 70 yoshda ham chopqillab yuradi. Meninig pulsim — 60, qon bosimim —  120/70.  Jismoniy holatimdan mutlaqo nolimayman, har qanday mashg‘ulotga tayyorman”.

U haftada ikki marta suv havzasiga boradi, mashg‘ulotlar zaliga qatnaydi, har kuni kilometrlab masofani piyoda bosib o‘tadi. Yaqin oylarda Xaynkesning xobbilari soni yana bittaga ortadi...

Saodat Abdurahmonova tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!