
"Bavariya" ham Emre Jan uchun kurashga qo‘shildi
Angliyaning “Liverpul” klubi yarim himoyachisi Emre Jan yana Germaniyaga qaytishi mumkin.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Myunxenning “Bavariya” klubi 24 yoshli germaniyalik futbolchi uchun “Yuventus” bilan raqobatlashishga tayyor.
E’tiborlisi, Janga myunxenliklarning bo‘lajak ustozi Niko Kovach shaxsan qiziqish bildirmoqda va uni o‘z jamoasiga olib kelmoqchi.
Ta’kidlash lozimki, Jan uchun “Bavariya” begona emas. Boisi u 2012/13 yilgi mavsumda ushbu jamoa safida to‘p surishga ulgurgan.
Fikrlar