"Barselona" Inestaga "Manchester Siti"dan o‘rinbosar topdi

  • 15 iyun, 2018, 15:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganing xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Tecno

The Sun nashrining xabar berishicha “ko‘k-anor ranglilar” Germaniya terma jamoasi a’zosini yaqindagina Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubiga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Andres Inestaga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Buning uchun “Barselona” “shaharliklar”ga 57 mln evro to‘lashga tayyor. Gyundoganning o‘zi ham "Kamp Nou"ga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Ilkay Gyundogan yakunlangan mavsum “siti”da jami 54ta bahsda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 6ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!