
"Barselona" Boatengning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi
Italiyaning "Sassuolo" klubi yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng tez orada jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsio xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 31 yoshli ganalik futbolchining xizmatlariga “Barselona” qiziqib qolgan. Kataloniyaliklar rahbariyati ushbu futbolchi jamoa o‘yinini kuchaytirishiga ishonmoqda.
Ma’lumot uchun, Boateng joriy mavsum “Sassuolo” safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Boateng uchun La Liga begona emas. U o‘z vaqtida "Las-Palmas" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar