
“Barselona” 4 ta darvozabonni kuzatmoqda
Kataloniyaning “Barselona” klubi tez orada jamoani tark etishi kutilayotgan darvozabon Yasper Sillessenga munosib o‘rinbosar qidira boshladi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ayni damda “ko‘k-anor ranglilar” Xeronimo Ruli, Kun Kastels, Yan Zommer va Marko Dmitrovich kabi posbonlarga qiziqish bildirmoqda. Katta extimol bilan ushbu darvozabonlardan biri Silessenning o‘rnini egallashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona”ning asosiy darvozaboni germaniyalik Mark-Andre Ter Shtegen hisoblanadi.
Fikrlar