
“Barselona” 11 yildan buyon bajara olmayotgan ishini amalga oshirdi
Hozirgina Ispaniya La ligasi 19-turidan o‘rin olgan “Real Sosedat” hamda “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobida oldinga o‘tib olganlariga qaramasdan, yakunda kataloniyaliklar o‘z irodalarini namoyish etib 4:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
E’tiborlisi, ular 2007 yildan buyon San-Sebastyandan g‘alaba bilan qaytishmagan edi.
Ispaniya La ligasi. 19-tur
Real Sosedad – Barselona 2:4 (2:1, 0:3)
Gollar: 1:0 – 11 Villian Joze, 2:0 – 34 Xuanmi, 2:1 – 39 Paulino, 2:2 – 50 Suares, 2:3 – 71 Suares, 2:4 – 85 Messi.
Real Sosedad – Ruli, Lorente, Rodriges, Odriosola, Navas, Prieto (Yanuzay, 78), Ilyarramendi, Surutusa (Subeldiya, 56), Kanales, Xuanmi (Oyarsabal, 60), Villian Joze.
Barselona – ter Stegen, Vermalen, Pike, Alba, Rakitich, Serdji Roberto, Paulino (Dembele, 65), Buskets, Andre Gomesh (Din, 80), Messi, Suares (Denis Suares, 90).
Ogohlantirishlar: Serdji Roberto (60), Ilyarramendi (63), Oyarsabal (84), Pike (90).
Fikrlar