
“Atletiko” himoyachisini politsiya qo‘lga oldi
Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Lukas Ernandes bilan nohush holat yuz berdi. El Mundo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 20 yoshli futbolchi zo‘ravonlik qilgani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olingan.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Ernandes o‘z qiz do‘stini kaltaklagan. Qiz esa keyin shifoxonaga yuborilgan. Ammo, jabrangan qizning sog‘ligiga jiddiy zarar etmagan. Erandesning o‘zi esa mast holda qo‘lga olingan.
Ma’lumot uchun, frantsiyalik futbolchi ushbu mavsum “matraschilar” safida jami 11ta uchrashuvda ishtirok etgan.
Fikrlar